Xulen Lopetegi: “Atletiko” bilan o'yinda xarakter ko'rsatdik”

Aziz Tukhtamuradov
30 sen 2018
Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi “Atletiko” bilan bo'lib o'tgan o'yin (0:0) haqida fikr bildirdi.

Ispaniya La Ligasining 7-turi doirasidagi Madrid derbisida hisob ochilmagan edi. Bu bilan “Qirollik klubi” “Barselona”ning qoqilishidan foydalana olmagandi. 

“Nega “Real” g'alaba qozona olmadi? Javobi oddiy: chunki, biz gol ura olmadik. Lekin shunga qaramay, jamoamiz yomon o'yin namoyish etmadi. Futbolchilar xarakter ko'rsatishdi. “Atletiko” zo'r o'ynadi deya olmayman. Ular bizning xatolardan foydalanishdi, xolos. 

“Real” ikkinchi o'yindirki, gol ura olmayapti. Ammo, bundan tushkun holatga tushmaslik kerak. Men yaxshi niyat bilan kelajakka qarayapman. Hammasi yaxshi bo'ladi”, - dedi Lopetegi AS nashriga bergan intervyusida. 

Ma'lumot uchun, “Real” 14 ochko bilan turnir jadvalida 2-o'rinni egallab turibdi. “Atletiko” 12 ochko bilan 4-pog'onadan joy olgan. “Qaymoqranglilar” keyingi uchrashuvni safarda “Alaves”ga (6 oktyabr) qarshi o'tkazishadi. “Matraschilar” esa uyda “Betis”ni (7 oktyabr) qabul qilishadi.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: