Xuanfran: "Messini hurmat qilaman, u doimo Ronaldudan biroz ustun bo'lgan"

Aslanov Jasurbek
17 noya 2018
"Atletiko" himoyachisi Xuanfran "Barselona" hujumchisi Lionel Messini hurmat qilishi haqida gapirdi.

"Doimo Messini dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb hisoblaganman. U va Ronaldu o'rtasida sezilarli farq bor. Lionel har doim Krishtianudan biroz ustun bo'lgan. Messini hurmat qilaman. Uni yiqitishsa ham Leo ko'p etiroz bildirmaydi. Bu borada Neymar Messining teskarisi" - deydi Xuanfran.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo