Dani Alves ortidan yana bir taniqli o'yinchi "San-Paulu"ga o'tishi mumkin

Alisher
3 avg 2019, 10:53
"Atletiko" sobiq himoyachisi Xuanfran faoliyatini Braziliyada davom ettirishi mumkin.

"San-Paulu" 34 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolashi mumkin.

Himoyachining Madrid klubi bilan tuzgan shartnomasi 1 iyulda o'z yakuniga etdi.

Eslatib o'tamiz, shu haftada "San-Paulu" PSJ ning sobiq himoyachisi Dani Alves bilan shartnoma imzoladi.

Futbolchi 2012-2016 yillar davomida Ispaniya terma jamoasida harakat qilgan.


AlisherMuallif
Manba: Globo Esporte