"Atletiko" jamoasidan yana bir futbolchi ketadi, u 8 yil madridliklar sharafini himoya qildi

Himoyachi Xuanfran "Atletiko"dan ketishi to'g'risidagi xabarni tasdiqladi.

"Bu mening "Atletiko"dagi so'nggi kunlarim. Tez orada qaytaman, deb umid qilaman. Men shunday bo'lishini xohlayman. Chunki bu mening uyim. Bu erdagi yillar ishonib bo'lmas darajada ajoyib o'tdi  –  faoliyatimdagi eng yaxshi yillar.

Klub menga ko'p narsa berdi. Tez orada qaytaman, chunki "Atletiko" muxlisiman. Jamoaga yordam bermoqchiman", - deydi 34 yoshli futbolchi.

Xuanfran 2011 yili "Atletiko"ga "Osasuna" klubidan o'tgan. U madridliklar bilan 8 ta sovrinni qo'lga kiritdi. Ularni orasida Ispaniya chempionligi va 2 ta Yevropa ligasi g'olibligi bor.

Avvalroq, "Atletiko"ni Antuan Grizmann va Diego Godin tark etishi ma'lum qilingandi. 


Manba: twitter.com/atletienglish