Xoylund APLda fevralning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. U bu sovrinni qo'lga kiritgan birinchi daniyalik

Sherzod Nurmatov
8 mar 2024
"Manchester Yunayted" hujumchisi Rasmus Xoylund APLda fevral oyining eng yaxshi futbolchisi bo'ldi.

Daniyalik futbolchi o'tgan oy 4 ta o'yinda 5 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 21 yoshli forvard ushbu sovrinni qo'lga kiritgan birinchi daniyalik sifatida tarixga kirdi.



Xoylund Fil Foden ("Manchester Siti"), Joau Gomes ("Vurverxempton"), Paskal Gros (“Brayton”), Rodrigo Munis ("Fulxem"), Bukayo Saka ("Arsenal") va Olli Uotkins ("Aston Villa")ni ortda qoldirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: premierleague.com