

Ayni kunlarda mazkur akciya joylarda katta shijoat bilan tashkil etilmoqda.
Bu borada # XotiraUz xeshtegini dunyo trendiga olib chiqish maqsadida yurtimizning taniqli sanatkorlaridan estafetani sportchilarimiz davom ettirmoqda.
“Buyuk xizmatlari uchun” ordeni sohibi, FIFA referisi Ravshan Ermatov:
– Bobolarimiz bizni ozod va obod Vatanda yashashimiz uchun qilgan fidoyiliklarini, mardlik va jasoratlarini hech qachon unutmaymiz. Ularni doim xotirlab, yodimizda tutamiz. Shu sababdan barcha yoshlarni 9 may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan o'tkazilayotgan akciyada faol bo'lishga hamda qahramonlarimizga bo'lgan ulkan hurmat va ehtiromni namoyon qilishga chorlab qolaman!



