Dinamo ham #XotiraUz akciyasida ishtirok etmoqda

Narzulla Saydullayev
4 may 2017
Shu kunlarda, 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan, Kamolot yoshlar ijtimoiy harakati respublikamiz bo'ylab #XotiraUz akciyasi tashkil etgan.

“Dinamo” PFK rahbariyati, xodimlari, murabbiy va futbolchilari ham ushbu akciyada ishtirok etmoqda.

Inson bor ekan, xotira – muqaddas. Xotira – odamlarning vafotidan keyin ham bu dunyoda yashashi uchun imkon beradigan birdan-bir makon.

9 may - Xotira va Qadrlash kuni har yili yurtimizda keng nishonlanadi. Urushda halok bo'lgan har bir o'zbekistonlik – Vatanimiz farzandi edi. Ularni yoddan chiqarishga hech birimizning haqqimiz yo'q.

#XotiraUz xeshtegini dunyo trendiga olib chiqish maqsadida muxlislarimizdan ham faollik kutib qolamiz.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcdinamo.uz