"Xotira qanotlari" turniri finalida "Paxtakor" va "Yangier" o'ynaydi

Aslanov Jasurbek
8 avg 2017, 16:31
"Paxtakor-79" xotirasiga bag'ishlangan musobaqada finalchilar aniqlandi.

Dilshod Nuraliev boshchiligidagi 2002 yil jamoasi yarim finalda "Paxtakor-2"dan 4:0 hisobida ustun keldi. Finalda tarbiyalanuvchilarimiz "Yangier" bilan maydonga tushishadi. Bu jamoa final yo'lida namanganlik tengqurlarini 3:2 hisobida mag'lubiyatga uchratishdi.

Final uchrashuvi 9 avgust, chorshanba kuni 10:00da "Chilonzor" stadionida boshlanadi.

Qolgan o'yinlar natijalari bilan tanishing: 

5-8 o'rinlar uchun

Urgench OZK - "Olmaliq" - 1:7

"Bunyodkor" – 16-BO'SM - 3:0

9-12 o'rinlar uchun

"Termiz" – "Buxoro" - 0:4

"Andijon" – "Samarqand" - 0:3


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: pakhtakor.uz