Xosep Gvardiola: 9 yillik faoliyatimda ilk bor shunday bo'ldi

Narzulla Saydullayev
26 apr 2017, 23:32
Manchester Siti ustozi Xosep Gvardiola Manchester Yunaytedga qarshi o'yindan oldin o'z fikrlarini bildirdi.

Gabriel Jezus tayyor, ammo hali jismoniy holati yaxshi emas. Aguero o'zini yaxshi his qilmoqda.

Ibragimovich – ajoyib futbolchi, ammo raqibda boshqa hujumchilar ham bor. Lingard, Reshford va Yang himoyani yorib o'tishga qodirlar.

9 yildan buyon murabbiylik qilayapman va birinchi bor mavsumni sovrinsiz tugataman. Qachondir shunday bo'lishi kerak edi.

YCHL yo'llanmasini olish uchun oldinda 6ta uchrashuv bor, – deydi Gvardiola.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: SkySports.com