Xoselu: "Qiziqarli bellashuv bo'lishini taxmin qilish oson"

"Gannover" klubining ispaniyalik hujumchisi Xoselu Germaniya - Ispaniya o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi oldidan o'yin borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Germaniyada bu o'yinga o'rtoqlik bahsidek munosabatda bo'lishmayapti. Chunki bu o'yin so'nggi ikkita jahon chempionlari o'rtasidagi bahs bo'ladi. Har ikki jamoa ham faqat g'alaba uun o'ynashadi. Germaniya bilan bo'ladigan o'yinga  intensivlik bilan harakatlanmoq lozim. Bundesligada pressing butun o'yin davomida juda keng qo'llanadi. Shu bois butun bellashuv davomida Ispaniyaga oson bo'lmasligi aniq. Ispaniya ziyrakroq bo'lishi talab etiladi. Ular Yoaxim Lyov shogirdlariga o'z o'yinlarini ko'rsatishga imkon bermasliklari zarur. Bu bahs juda qiziqarli o'tishini taxmin qilish oson.


Manba: soccer.ru