BAA Pro ligasi. Abdullaevning uzatmasini golga aylantirgan Amonov "Xorfakkan"ga "Bani Yas" ustidan g'alabani taqdim etdi

Alisher
21 apr 2024
BAA Pro ligasi 20-tur doirasidagi "Xorfakkan" - "Bani Yas" o'yini bo'lib o'tdi.

Mezbonlar safida o'zbekistonlik o'yinchilar Abdulla Abdullaev va Aziz Amonov asosiy tarkibda maydonga tushishdi. Aziz jamoasining ilk goliga assistentlik qildi. Birinchi taym so'nggida esa uning o'zi Abdulla Abdullaevning uzatmasidan so'ng to'pni darvozaga bexato yo'llab jamoasiga muhim 3 ochko taqdim etdi.

Abdullaev baxsni to'liq o'tkazdi, Amonov esa 73-daqiqada zaxiraga olindi.


"Xorfakkan" - "Bani Yas" 2:1

Gollar: Lourensi (3), Aziz Amonov (45) - Rafael Pereyra (15)

BAA PRO LIGASI TURNIR JADVALI



AlisherMuallif
Manba: championat.asia