Xoren Bayramyan: "Shomurodovni eng yaxshi to'purar qilish uchun qo'limizdan kelgan barcha ishni qilamiz"

Alisher
19 okt 2019, 13:30
"Rostov" yarim himoyachisi Xoren Bayramyan o'zining bu mavsumdagi rejalari haqida gapirdi.

- Sizda Shomurodovni chempionatning eng yaxshi to'purari qilish vazifasi bormi? U ajoyib yigit va gollar urishda davom etadi. Shomurodov o'z ishini ajoyib tarzda yakunlaydi va biz hammamiz uning eng yaxshi to'purar bo'lishi uchun qo'limizdan kelganini qilamiz. Bu hammamiz uchun yaxshi bo'ladi. Men "Shoma"ga ishonaman va u buni uddalaydi.

O'zim uchun oldimga qanday vazifa qo'yganman? Eryomenko menga bu mavsumda 10ta gol urishim kerakligini aytdi. Agar 8ta gol ursam ham bu yomon bo'lmasdi. Ammo Eryomenkoning rejasini bajarishni ham xohlardim. U huddi Popov kabi talabchan yigit. Men SSKAga qarshi o'yindan so'ng juda ilhomlandim. Ammo, o'z darajamni saqlab qolish uchun ishlayman va doim harakat qilaman, - deydi Bayramyan.


Bugun "Rostov" o'ynaydi 

Shomurodov va "Rostov" "Zenit"ga qarshi. Prevyu         




AlisherMuallif
Manba: Sportbox.ru