Xorazmda 2014 yildan beri ishlamayotgan stadion foydalanishga topshirilishga yaqin

Iskandarov Abdulaziz
29 apr 2022, 13:25
Xorazm viloyatining bosh arenasi Xorazm sport majmuasi futbol uchrashuvlarni qabul qilish uchun tayyor holatga keltirilmoqda.

Aytish joizki ko'rkam majmuaning maydon chimi bahor oyining o'rtalariga kelib, yaxshi holatga kirib bormoqda. 26 aprel sanasida "Xorazm" futbol klubi a'zolari ushbu maydonda mashg'ulot o'tkazishdi. Mazkur o'yingohning barcha infratuzilma obektlari katta bahslarni qabul qilishga shay, maydon chimi ham tobora yaxshi holatda kirib bormoqda. 

Maydon holati to'liq talabga javob beriladi, deb topilsa "Xorazm" PFK navbatdagi uchrashuvlari ushbu majmuada o'tkaziladi. Ma'lumot o'rnida aytib o'tish joiz mazkur stadionda 2014 yildan beri uchrashuv va mashg'ulotlar o'tkazilmagandi.




Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia