
"Yangi mavsum oldidan OKMK klubning sport siyosati doirasida asosiy jamoa tarkibini shakllantirish bo'yicha izchil va tizimli ishlarni amalga oshirmoqda. Ushbu jarayonda yosh, mahalliy hamda klubning uzoq muddatli rivojlanish strategiyasiga mos futbolchilarni jalb etishga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Shuningdek, "konchilar" safini tark etgan futbolchilar o'rnini klubning rivojlanish falsafasi, tanlangan o'yin modeli va institucional maqsadlariga mos ijrochilar bilan to'ldirish asosida muvozanatli transfer siyosati izchil olib borilmoqda.
Mazkur transfer siyosati doirasida qishki transfer oynasidagi navbatdagi transfer amalga oshirildi. Yarim himoyachi Hazrat Tursunqulov OKMK safini to'ldirdi. Futbolchi bilan ikki yillik shartnoma imzolandi va u yangi mavsumdan boshlab "konchilar" sharafini himoya qiladi.


Ma'lumot uchun, 26 yoshli tayanch yarim himoyachi bunga qadar "Oq-tepa", "Metallurg", "Dinamo" hamda "Xorazm" jamoalarida to'p tepgan. U professional faoliyati davomida 117 ta uchrashuvda maydonga tushib, 15 ta gol va 6 ta golli uzatma muallifiga aylangan", – deyiladi xabarda.
Avvalroq "Xorazm" futbolchisi variantlar orasidan OKMKni tanlaganini ma'lum qilgan edik.