

Farg'onada mehmon bo'lgan "Xorazm" jamoasi ortga 2:2 hisobidagi durang bilan qaytdi. Shu tariqa Vali Sultonov shogirdlari o'z tarixida ilk bor "Neftchi" maydonida ochko qo'lga kiritishning uddasidan chiqishdi. Bundan tashqari jamoa 21-asrda birinchi marotaba farg'onaliklarga mehmonda gol urishga erishdi.
Xorazm" raqibiga qarshi oxirgi 6 ta safar bahsida to'p kirita olmagan, jamoa so'nggi bor 1998 yilgi mavsumda bu vazifani bajara olgandi.
2025. "Neftchi" - "Xorazm" 2:0
2010. "Neftchi" - "Xorazm" 1:0
2009. "Neftchi" - "Xorazm" 2:0
2006. "Neftchi" - "Xorazm" 6:0
2000. "Neftchi" - "Xorazm" 3:0
1999. "Neftchi" - "Xorazm" 3:0
1998. "Neftchi" - "Xorazm" 7:1
1997. "Neftchi" - "Xorazm" 7:1
1996. "Neftchi" - "Xorazm" 6:0
"Xorazm" navbatdagi uchrashuvini 16 oktyabr kuni "Surxon"ga qarshi o'tkazadi.



