Xolland transferi poygasida yutgan "Borussiya" (Dortmund) tvitterda MYU va "Yuventus" ustidan xazil qildi

Mirjalol Normatov
30 dek 2020
Yakshanba kunida Dortmundning "Borussiya"si hujumchi Erling Xollandning transferini e'lon qildi.

Qayd etish kerak, ushbu futbolchi uchun "Manchester Yunayted" va "Yuventus" kabi klublar ham kurash olib borishgandi. Transfer ishlari yakunlanganidan keyin dortmundliklar matbuot xizmati tvitterda MYU va "Yuve" ustidan kichik xazil qildi va bu videoni ijtimoiy tarmoqlarga joyladi.

Ushbu videoda "Borussiya" matbuot xizmati tvitterda "Xolland MYU" va "Erling Xolland "Yuventus" kabi iboralarni bosib turib, keyinchalik futbolchining tvitteriga obuna bo'ladi.



Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal