Xoland tarixdagi eng yaxshi futbolchilar nomini aytdi

Eldor Akmurzayev
5 mar 2020, 21:12
“Borussiya D” forvardi Erling Xoland Leo Messi, Neymar va Krishtianu Ronaldu haqida berilgan savolga javob qaytardi.

“Ronaldu, Messi yoki Neymar? Messi va Neymarning o'yini – shunchaki fantastika. Ular futbol tarixidagi eng yaxshi o'yinchilardan biri. 

Ronalduning o'yini ham menga yoqadi. U aql bovar qilmas darajada barqarordir, uning so'nggi 10 yillikdagi faoliyati esa olamshumul natija. Zlatan haqida xuddi shu fikrni ayta olaman. 

Men faol kuzatgan Michuni ham alohida ta'kidlab o'taman, u “Suonsi”da ajoyib tarzda o'ynagandi”, deydi 19 yoshli norvegiyalik.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: mundodeportivo