Xitoy Superligasi. "Shanxay SIPG"da g'alaba, Odil Ahmedov qo'shimcha vaqtda almashtirildi

Aziz Tukhtamuradov
20 may 2018
O'zbekiston terma jamoasi futbolchisi Odil Ahmedov to'p tepayotgan "Shanxay SIPG" jamoasi Xitoy Superligasining 11-turida "Czyansu Saynti"ga qarshi o'yin o'tkazdi.

Bahsda "Shanxay SIPG" - 2:0 hisobida g'alaba qozondi. O'yindagi gollarga 48-daqiqada Li Vu hamda 90-daqiqada Oskar mualliflik qildi. Odil Ahmedov asosiy vaqtga qo'shib berilgan daqiqalarda o'z o'rnini Jungang Sunga bo'shatib berdi.

Xitoy Superligasi turnir jadvali va to'purarlari bilan tanishing


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia