Xitoy Superligasi. Ahmedov "Tyanczin Teda" tarkibida debyut qildi va jamoa 8ta o'yinlik mag'lubiyatli seriyaga barham berdi

Alisher
16 sen 2020
Xitoy Superligasi 11-tur doirasidagi "Tyanczin Teda" - "Shiichjiang Yungchang" o'yini bo'lib o'tdi.

Xabaringiz bor, O'zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov yaqinda "Shanxay SIPG"dan "Tyanczin Teda"ga o'tgan edi. Xavbek bugungi o'yinda asosiy tarkibga kiritildi va u yangi jamoasi safida debyut qildi. Ta'kidlab o'tish kerakki, yarim himoyachi o'zining ilk o'yinidayoq yetakchilik qobiliyatini namoyish etdi va jamoada "dispetcherlik" vazifasini a'lo darajada bajardi. Ahmedov 78-daqiqada o'z o'rnini Chen Kaymuga bo'shatib berdi.

"Tyanczin Teda" - "Shiichjiang Yungchang" 1:1

Gollar: Sandro Lima (70), Chen Pu (81)

"Tyanczin Teda": Ten Shankun - Bay Yuefen, Bastians, Chjao Xunlyue - Lyu Jofan, Ahmedov, Achimpong, Sun Yue, Go Xao - Xuey Czyakan, Sandro Lima.

Zaxira: Se Veyczyun, Che Shivey, Chjen Kaymu, Pyao Taoyuy, Chjao Incze, Cyu Tyani, Jun Xao, Cyan Yuymyao, Su Yuancze, Syao Chji, Lyu Yan, Yan Cipen.

"Shiichjiang Yungchang": Shao Pulyan - Chjen Chjiyun, Lyao Chenczyan, Sunzu, Pyao Shixao - Cao Syuan, Van Pen, Mateus, Chjun Cziyuy, Romulo - Maritu.

Zaxira: Yan Yun, Chen Czen, Xan Fen, Lyu Sinyuy, Chen Pu, Van Czixao, Ma Chunchun, Chen Czitun, Yan Imin, Den Yuybyao, Lyu Czimin, Muriki.


→ Ahmedovning yangi klubi - "Tyanczin Teda" haqida nimalarni bilamiz? 


XITOY SUPERLIGASI TURNIR JADVALI VA TO'PURARLAR RO'YXATI BILAN TANISHING



AlisherMuallif
Manba: championat.asia