

UCHRASHUV YAKUNLANDI!
90+4. GOOL! RIKARDO LOPES HAM DUBLGA ERISHDI! 4:0
90. Uchrashuv asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.
89. Rikardo Lopes Oskarning uzatmasidan so'ng raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqdi, ammo zarbadan so'ng to'p to'g'ri darvozabonning qo'liga borib tushdi.
87. "Xebey" futbolchisi Ksyusheng yo'llagan zarba "Shanxay SIPG" darvozasi yonidan o'tib ketdi.
72. GOOOL! RIKARDO LOPES! Lopes chap qanotdan ajoyib yurish amalga oshirdi va jarima maydonchasiga kirib, darvozani ishg'ol qildi. 3:0
69. Tomoqni ho'llab olish uchun navbatdagi tanaffus e'lon qilindi.
60. O'zgarish: Odil Ahmedov o'rniga 15-raqamda Lin maydonda tushdi.
58. "Xebey" jarima maydonchasi yaqinida yana bir xavfli standart. Bu safar Oskar yiqitildi.
48. GOOOL! ARNAUTOVICHDAN DUBL! Rikardo Lopes chap qanotdan ajoyib reyd uyushtirdi va darvozaga zarba berdi, to'p to'singa tegib avstryalik futbolchiga tushdi va Arnautovich hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirdi.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
TANAFFUS
45. GOOOL! Burchakdan uzatilgan to'pni Marko Arnautovich bosh bilan darvozaga joylab qo'ydi. 1:0!
43. "Xebey" jarima maydonchasi chizig'i yonida Rikardoga nisbatan qoida buzildi, mezbonlar uchun ajoyib standart, ammo to'p jonli devorga tegib maydonni tark etdi va burchak zarbasi belgilandi.
38. Arnautovis Oskarning pasidan so'ng to'pni jarima maydonchasi ichiga uzatdi, ammo to'pni "Xebey" posboni egallab oldi.
29. Rikardo Gulart Odil Ahmedovni yiqitib, to'pni olgani uchun jarima zarbasi belgilandi. Standart vaziyatdan to'p raqib jarima maydoniga uzatildi, ammo u noaniq zarba bilan yakuniga etdi.
27. Sujou shahrida havo harorati baland bo'lganligi tufayli kichik tanaffus e'lon qilindi. Futbolchilar tomoqlarini ho'llab olishmoqda.
25. GOL! "Shanxay SIPG" hisobni ochdi, ammo yon hakam bayroqchasini ko'tardi va uzatma payti gol urgan futbolchida ofsayd bor ekanligini qayd etdi.
17. Bu safargi hujumni mehmon jamoa tashkillashtirdi. Markaoning zarbasi darvoza ustidan o'tib ketdi.
13. ZARBAA! Bu safar Marko Arnautovich Lopesga to'pni uzatdi va bu safar ham himoyachilar gol bo'lishiga halal berishdi.
10. Rikardo boshlab bergan hujumni Arnautovich zarba bilan yakunlashga urindi, ammo himoyachi to'p yo'liga to'g'anoq bo'lib, uni maydondan chiqarib yubordi.
7. Oskarning ajoyib uzatmasidan so'ng "Chonbuk"dan Shanxay klubiga qo'shilgan Lopes raqib darvozaboni bilan birga-bir chiqishi mumkin edi, ammo "Xebey" himoyachisi Rikardoga yetib oldi va xavfni bartaraf etdi.
1. Uchrashuv boshlandi, "Shanxay SIPG" qizil, "Xebey" oq rangli formada to'p tepadi.
- Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.
Uchrashuvni Odil Ahmedov asosiy tarkibda boshlaydi. 15:00da start oladigan uchrashuv saytimizda matnli translyatsiya qilinadi.
"Shanxay SIPG" - "Xebey Chayna Forchun"
"Shanxay SIPG": Yan Juning, Shi Ke, Vang Shenchao, Xe Guan, Vey Jen, Odil Ahmedov, Oskar, Miraxmatjon Muzepper Marko Arnautovich, Lyu Venjun, Rikardo Lopes.
"Xebey Chayna Forchun": Chi Venyi, Ren Xang, Jao Yuxao, Samir Memishevich, Pan Ksiming, Lui Jing, Jang Chengdong, Ksu Tianyan, Rikardo Gulart, Dong Ksyuesheng, Markao.



