Xitoy klubi yevropalikni 35 mln evroga sotib olmoqchi

Aslanov Jasurbek
9 iyul 2017
Germaniyaning “Keln” klubi hujumchisi Antoni Modest Xitoyning “Tyanczin Cyuanczyan” jamoasiga o'tishga yaqin.

Bu haqida dunyoga mashhur Bild nashri xabar tarqatdi. Ma'lumotda keltirilishicha, tomonlar fransiyalik futbolchining transferi bo'yicha kelib olishgan.

Xitoy klubi Antoni uchun 35,7 million evro to'laydi. Hujumchining o'zi yangi ish joyida yiliga 10 million evro maosh oladi. 29 Modest “Keln” sharafini 2015 yildan berib himoya qilib kelyapti. U o'tgan davr mobaynida 71ta o'yinda maydonga tushib, 45ta gol kiritgan. 




Aslanov JasurbekMuallif
Manba: