Xitoy klubi "Barselona" futbolchisiga 35 mln. evrolik maosh taklif qilmoqda

Aslanov Jasurbek
16 fev 2018
Xitoyning "Tyanczin Cyuanczyan" klubi jamoaga "Barselona" yarim himoyachisi Andres Inestani taklif qilmoqchi.

Ular futbolchiga yillik maoshi 35 mln. evro bo'lgan shartnoma taklif qilishmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, Inesta Xitoy klubining taklifini ko'rib chiqmoqchi. Oktyabrda yarim himoyachi "Barselona" bilan bir umrlik kelishuvga imzo chekdi.

Ayni damda "Tyanczin Cyuanczyan" klubini "Real" va "Yuventus" sobiq himoyachisi Fabio Kannavaro boshqarmoqda. Shu bilan birga jamoada Aksel Vitsel, Aleshandre Pato va Antonio Modest bor.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport.es