Xitoy hukumati Argentina terma jamoasining o'rtoqlik uchrashuvlari bo'yicha rasmiy bayonot berdi

Khoja
10 fev 2024
Argentina terma jamoasining mart oyida Xitoyda bo'lib o'tishi kerak bo'lgan o'rtoqlik uchrashuvlari bekor qilindi.

 Bu haqida Xanchou sport qo'mitasi rasmiy bayonot berdi.

“Ma'lum sabablarga ko'ra, vakolatli organlar Argentina terma jamoasi ishtirokida o'yin o'tkazish uchun sharoit yo'q degan xulosaga kelishdi. Shu sababli mart oyidagi o'rtoqlik uchrashuvlarini Xitoyda o'tkazmaslik bo'yicha qaror qabul qilindi”, - deyiladi rasmiy xabarda.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Messining Gonkong yulduzlar terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushmagani sababli Argentinaning Nigeriya va Kot-dʼIvuarga qarshi mart oyida bo'lishi lozim bo'lgan uchrashuvlarni bekor qilmoqchi ekanligi xabar qilingandi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com