Ximenes butun faoliyatini "Atletiko"da o'tkazishni xohlaydi

Alisher
1 iyul 2022
Madridning "Atletiko" klubi markaziy himoyachisi Xose Ximenes faoliyatining so'nggiga qadar klubda qolishga tayyor.

Bu haqda jurnalist Matteo Moretto xabar bermoqda.

Eslatib o'tamiz, Ximenes 2014/15 yilgi mavsumdan boshlab Madrid klubi asosiy tarkibida muntazam ravishda o'ynaydi. 

Himoyachi hozirda 27 yoshda, ammo u faoliyatini Diego Simeone jamoasida davom ettirishni xohlaydi. Urugvaylik o'tgan mavsum La Ligada bitta gol va bitta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/mattemoretto