Xeysen Sosedadga qarshi o'yindagi o'z chetlatishini VAR bekor qilishi kerak edi deb hisoblaydi

Aslanov Jasurbek
17 sen 2025
Din Xeysen Real Sosedadga qarshi o'yindagi o'z chetlatilishini xato deb hisoblaydi.

Real himoyachisi La Liga 4-turidagi (2:1) o'yinning 32-daqiqasida raqibning maydon markazidagi qarshi hujumini to'xtatib qo'ygani uchun qizil kartochka olgan edi. Keyinchalik hakamlar texnik qo'mitasi (CTA) eng munosib jazo sariq kartochka bo'lishini ma'lum qildi , lekin VARning bu epizodga aralashmaslik qarorini qo'llab-quvvatladi, chunki ochiq xato yo'q edi.

Qirollik Ispaniya futbol federatsiyasi (RFEF) intizom qo'mitasi Realning shikoyatini rad etdi. Xeysen bir o'yinga diskvalifikaciya qilindi, shu sababli La Liga 5-turidagi Espanolga qarshi o'yinda (shanba kuni) maydonga tushmaydi. Klub bu qarorga appelyaciya bermoqchi.

The Athletic Xeysen atrofidagi manbaga tayanib xabar berishicha, himoyachi o'z chetlatilishi epizodida xato yo'qligini tan oldi va La Ligadagi hakamlik bilan avvalgi klubi Bornmutda o'ynagan APLdagi farqlarga moslashish kerakligini tushunadi. Biroq futbolchi VAR hakam Xesus Xil Mansano qarorini bekor qilishi kerak edi, deb hisoblaydi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Athletic