

- Islandiya uchun Yevropa chempionatidagi har bir o'yin juda muhim. Fransiya bilan bo'ladigan bahs esa Islandiya futboli tarixi uchun ham juda ahamiyatli. Bizning futbolchilar bu kabi o'yinlarda o'ynashga o'rganib qolishdi. Biz shu ergacha keldikmi, demak yanada uzoqroqqa borishimiz qilib bo'lmaydigan ish emas. Islandiya o'yindan-o'yinga kuchliroq, sifatliroq futbol ko'rsatmoqda. Islandiya o'z kuchiga ishonadi. To'g'risini aytadigan bo'lsam, Islandiya Yevropa chempionatidagi o'zining eng yaxshi o'yinini o'tkazgani yo'q.



