"Xetafe" bilan o'yinda "Real"ning asosiy futbolchisi jarohat oldi

Narzulla Saydullayev
14 may 2023, 09:55
Eduardo Kamavinga "Xetafe"ga qarshi bahsni jarohat tufayli oxiriga etkaza olmadi.

Xavbek 83-daqiqada raqib futbolchisi Xuan Iglesias bilan to'qnashganidan keyin chap tizzasini shikastlab oldi. Kamavinganing o'rniga Alvaro Odriosola tushdi.

"Real" navbatdagi bahsni YCHL yarim finali doirasida o'tkazadi. 17 may kuni Madrid klubi safarda "Manchester Siti" mehmoni bo'ladi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: marca.com