Xenrik Larsson Shvetsiya klubidan iste'foga chiqarildi

U hozirga qadar “Xelsinborg” klubini boshqarib kelayotgan edi.

Xenrik Larsson “Xelsinborg” bosh murabbiyligini tark etdi. Uning boshqaruvidagi jamoa mamlakat kubogi bahsida quyi divizion vakiliga mag'lub bo'ldi. Natijada muxlislar Larssonni haqorat qilgan. Oxir-oqibat Xenrikk ishdan bo'shash haqida ariza yozgan. 

Ayni damda “Xelsinborg” Shvetsiya chempionatida 12-o'rinda bormoqda. 


Manba: “Хельсинборг” расмий сайти