Xenrik Larsson "Barselona" murabbiylar shtabidan ketdi

Sherzod Nurmatov
2 noya 2021
"Barselona" murabbiyi Xenrik Larsson Kataloniya klubini tark etganini e'lon qildi.

"Men bu erda ishlashni to'xtatdim, bu albatta, qayg'uli. Biroq futbolda shunaqasi bo'lib turadi. Boshqa hech nima deyolmayman", – dedi 50 yoshli shvetsiyalik.

Larsson 2020 yilning avgustida Ronald Kuman murabbiylar shtabiga qo'shilgan edi. Niderlandiyalik mutaxassis o'tgan haftada "ko'k-anorranglilar" bosh murabbiyligidan bo'shatildi.  

Ma'lumot uchun, "Barsa" sobiq hujumchisi futbolchilik davrida jamoa bilan 4 ta sovringa ega chiqqan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Aftonbladet