Xenderson “Liverpul”dagi o'yinlar bo'yicha Reynani quvib o'tdi, oldinda esa 3 futbolchi bor

Eldor Akmurzayev
31 yanv 2021
Ayni daqiqalarda Angliya chempionat 21-turidan o'rin olgan “Vest Xem” – “Liverpul” uchrashuvi davom etmoqda.

Mersisaydliklar sardori Jordan Xenderson bahsni ilk daqiqalardan o'tkazmoqda. Bu uning “qizillar” libosidagi 286-o'yini bo'lib, u klub tarixida eng ko'p bahs o'tkazgan futbolchilar ro'yxatida 4-o'rindagi Xose Reyna (285 ta)ni quvib o'tdi.

Ulardan oldinda esa Jeymi Karrager (508), Stiven Jerrard (504) va Sami Xyuyupya (318) bor.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/LFC