Xenderson "Liverpul" - "Milan" bahsining eng yaxshi o'yinchisi deb topildi

Alisher
16 sen 2021
"Liverpul" sardori Jordan Xenderson CHL guruh bosqich 1-tur doirasidagi "Milan"ga qarshi o'yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Mersisaydliklar milanliklarni 3:2 hisobida mag'lub etdi.

Jordan Xenderson asosiy tarkibda maydonga tushdi va 69-daqiqada gol urishga erishdi. Yarim himoyachi o'yin tugashiga 6 daqiqa qolganda almashtirildi.

"Liverpul" kelasi turda "Portu", "Milan" esa "Atletiko" bilan o'ynaydi.


AlisherMuallif
Manba: uefa.com