Xedira yozda butsasini mixga ilmoqchi

Eldor Akmurzayev
19 may 2021
“Gerta” yarim himoyachisi Sami Xedira faoliyatini yakunlashga yaqin.

"Deutsche Welle" xabar berishicha, 34 yoshli xavbek joriy mavsum yakunlanganidan keyin butsasini mixga iladi.

Xedira 2020/21 yilgi mavsum Bundesligada 8 o'yinda qatnashib, bitta golga assist bo'ldi. Germaniya TJ sobiq a'zosi “Gerta”dan tashqari, “Shtutgart”, “Real” va “Yuventus” kabi jamoalar sharafini himoya qilgan.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Deutsche Welle