Xayrulla Karimov: “Neftchi” ko'proq standart vaziyatlariga e'tibor qaratsa kerak”

Narzulla Saydullayev
2 avg 2016, 16:36
“Neftchi” – “Bunyodkor” uchrashuvi oldidan “qaldirg'ochlar” himoyachisi Xayrulla Karimovning o'yinoldi fikrlari bilan qiziqdik.

- Bir oylik tanafusdan keyingi ilk uchrashuv hech bir jamoa uchun oson o'tmasligi aniq. Ayniqsa, vodiyda to'p tepish mehmon jamoalarga doimo qiyinchilik tug'dirib keladi. Davralar oralig'ida “Neftchi” o'z safini tajribali futbolchilar bilan to'ldirib oldi. Shuningdek, jamoa tarkibida kurashga chanqoq yoshlar ham talaygina. “Bunyodkor” haqida esa ortiqcha gapirib o'tirmoqchi emasman. Shunchaki, jamoa chempionlik uchun kurashayotganini eslash etarli. Qisqa qilib aytadigan bo'lsam, ikkala jamoani ham og'ir o'yin kutyapti.

Fikrimcha, “Neftchi” ko'proq standart vaziyatlariga e'tibor qaratsa kerak. Shukurali Po'latov va Akmal Holmatovdek mahorat egalari istalgan nuqtadan jarima zarbalarini yaxshi bajara olishini yaxshi bilamiz. Tarkibimizda bitta jiddiy yo'qotish bor. Shorahmedov sariq kartochkalar tufayli bahsni o'tkazib yuboradi. O'ylaymanki, uning o'rnida harakat qiladigan futbolchi ham yaxshi harakat qila oladi. Yarim yillik tanaffusdan keyin yana qadrdon jamoamga qaytdim. Nimalar o'zgardi? “Bunyodkor” – professional klub! Jamoadagi tashkiliy ishlar yana ham yuqori saviyaga chiqqan. Jamoadagi yoshlar yarim yoshga ulg'ayishgan va shunga yarasha tajribalari boyigan, - deydi Xayrulla Karimov.


"Bunyodkor" matbuot xizmati


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia