Xaynkesning "Bavariya"si dahshatli natija qayd etdi

Mirjalol Normatov
15 apr 2018
Germaniya chempionatining 30-turida "Bavariya" Menxengladbaxning "Borussiya"sini mag'lub etdi - 5:1.

Bundan oldin myunxenliklar o'z maydonlarida Dortmundning "Borussiya"si hamda "Gamburg"ni bir xil 6:0 hisobi bilan dog'da qoldirgandi. Jamoa "Alyanc"dagi so'nggi uch uchrashuvida 17 gol kiritdi.

"Bavariya" 1984 yilning fevral-mart oyidan keyin Bundesliga doirasida o'z maydonidagi ketma ket 3 uchrashuvda 5tadan oshiq gol kiritdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Bild