Xaynkes: "Bayer"ni Germaniya Kubogidan chiqarib yuborish oson bo'lmaydi"

Aslanov Jasurbek
16 apr 2018
"Bavariya" bosh murabbiyi Yupp Xaynkes 17 aprel kuni "Bayer"ga qarshi bo'lib o'tadigan Germaniya Kubogi yarim final uchrashuvid haqida fikr bildirdi.

"Germaniya Kubogi finalida ishtirok etish - hamma uchun o'zgacha his. Biz finalchilardan biri bo'lmoqchimiz, ammo avvaliga "Bayer"ni musobaqadan chiqarib yuborish kerak, bu oson bo'lmaydi. "Bavariya" muhim o'yinlarda yaxshi harakat qiladi va raqimiz hozir juda yaxshi formada. Kubok o'yinlarida hamma narsa bo'lishi mumkin. Jamoa yaxshi tayyorgarlik ko'rgan va futbolchilar bor e'tiborini ushbu bahsga qaratishi men uchun yoqimli" - deydi Xaynkes.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: TZ