Xavi tanqidlar haqida: "MYUni yutganimizda avvalgi "Barsa" qaytdi deyishardi"

Aslanov Jasurbek
25 fev 2023, 23:36
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi jamoaning evrokuboklardagi muvaffaqiyatsizliklari tufayli bo'layotgan tanqidlar borasida fikr bildirdi.

"Men deyarli hech narsa o'qiganim yo'q. Tanqid menga ta’sir qilmaydi. Agar "Manchester Yunayted"ni yutganimizda, hamma avvalgi "Barselona" qaytdi deb yozardi.

Matbuot emociyalarga tayanib reakciya bildiradi. G'alaba qozonishimiz ham mumkin edi, biroq yutqazdik... Endi o'zimizga kelib, bor e'tiborni LaLiga va Ispaniya Kubogiga qaratishimiz kerak.

Ammo tanqidlar o'rinli bo'lsa, qabul qilamiz" - deydi Xavi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ESPN