Xavi "Portu"ni mag'lub eta olmasa iste'foga chiqarilishi mumkin

Nozimov Nig'monxo'ja
28 noya 2023
“Barselona” bosh murabbiyi Xavi “Portu”ga qarshi Yevropa Chempionlar ligasi guruh bosqichining 5-turidan so'ng iste'foga chiqarilishi mumkin, deb xabar bermoqda AS.

Manbaga ko'ra, agar "Barselona" "Portu"ga qarshi o'yinda mag'lub bo'lsa yoki durang o'ynasa, uning "Barselona"dagi loyihasini tugatishi mumkin. 

"Barselona" - "Portu" uchrashuvi Toshkent vaqti bilan tunda soat 01:00da start oladi.

“Barselona” hozirda 9 ochko bilan Chempionlar ligasi guruh jadvalida birinchi o'rinda bormoqda. “Portu”da ham xuddi shuncha ochkolar mavjud.


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: championat.com