Xavi: “Hozir tabriklaymiz, ammo keyingi mavsum ularga jiddiyroq qarshilik ko'rsatamiz”

Eldor Akmurzayev
1 may 2022
“Barselona” ustozi Xavi “Real”ni La Liga 2021/22 yilgi mavsum chempionligi bilan tabrikladi.

“Real” chempion bo'lgan ekan, ularni tabriklaymiz. Bu haqiqatan ham eng yaxshi jamoa: musobaqa uzoq davom etadi va odatda bunga loyiq bo'lgan g'oliblikni qo'lga kiritadi. Ularni tabriklaymiz, ammo keyingi mavsumda ularga yanada jiddiyroq qarshilik ko'rsatamiz”, degan Xavi.

Eslatib o'tamiz, “Real” 35-marotaba Ispaniya chempioni bo'ldi. Kataloniyaliklar hisobida esa 26 ta titul bor.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Marca