Xavi Gyundoganni "Barselona"ga o'tishga ko'ndirdi

Mirjalol Normatov
9 iyun 2023
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi "Manchester Siti" yetakchisi Ilkay Gyundoganni Kataloniya jamoasiga o'tishga ko'ndirdi.

Kataloniya klubi va 32 yoshli futbolchi bir necha haftalar oldin 3 yillik shartnoma borasida kelishuvga erishgani borasida ma'lumotlar tarqalgandi. Biroq keyinchalik bu xabarlar rad qilindi va futbolchining o'zi ham jamoadan ketishi o'ziga bog'liq emasligini aytgandi.

Qayd etilishicha, Xavi xavbek bilan bu borada gaplashgan va "Barselona" dunyoning eng zo'r klublaridan biri ekanligini va asosiy futbolchisi bo'lishini aytgan. Futbolchining transferi kelasi haftadayoq ma'lum qilinishi mumkin.

Ushbu mavsumda Gyundogan "shaharliklar" tarkibida 50 o'yinda qatnashib, 11 gol va 7 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Diario Sport