Xavi: "Frenki de Yong sotilmaydi. U "Vilyarreal"ga qarshi ajoyib o'ynadi"

Alisher
4 dek 2021, 15:17
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi yarim himoyachi Frenki de Yongni qo'llab-quvvatladi.

"Ha, u sotilmaydi. U jamoamiz uchun juda muhim va vaziyatni yaxshi tomonga o'zgartira olishga qodir.

"Vilyarreal"ga qarshi o'yin u gol urdi. U biz ko'rishni xohlagan Frenki edi. U o'sha o'yinda ajoyib o'ynadi", - deydi Xavi.

De Yong joriy mavsum Ispaniya chempionati doirasidagi 11ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: Marca