Xavi eng shimarib ishga kirishdi

Sherzod Nurmatov
9 noya 2021
"Barselona" yangi bosh murabbiyi Xavi jonajon klubidagi birinchi mashg'ulotini olib bordi.

41 yoshli ispaniyalik mashg'ulot oldidan futbolchilar oldida nutq so'zladi va bir qator qatiy qoidalarni joriy etdi.

Shuningdek, klub qarorgohida prezident Jon Laporta, texnik kotib Ramon Planes, xalqaro bo'lim boshlig'i Yordi Kroyf va sport direktori Mateo Alemani hozir bo'lishdi.

Xavi boshchiligidagi "Barselona"ning ilk o'yini "Espanol"ga qarshi bo'lib o'tadi. Uchrashuv 20 noyabrdan 21 noyabrga o'tar kechasi 01:00 da boshlanadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fcbarcelona.com