Xavi Busketsning o'rniga boshqa futbolchi topib qo'ydi...mi?

Mirjalol Normatov
2 iyul 2023
"Barselona" yangi mavsum startiga qadar tayanch yarim himoyasiga "Jirona" futbolchisi Oriol Romeuni tarkibga olib kelmoqchi.

Biroq klub uni yangi mavsumda ro'yxatdan o'tkaza olmasligi ehtimoli ham bor. Shu sababli Xavi jamoa ichidan Serji Busketsning nuqtasida o'ynaydigan futbolchini qidirmoqda va asosiy nomzod sifatida Andreas Kristensen ko'rinmoqda.

Aslini olganda, Kristensen "Barselona"da yoshligini tayanch yarim himoyasida o'tkazgan, biroq professional darajaga etganda, ushbu poziciyada o'ynamay qo'ydi. Yangi mavsumda Kristensen "Barselona"ning asosiy tanyach yarim himoyachisi bo'lishi kutilmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Diario Sport