Xavi: "Barsa"ning maqsadi mavsumni kuchli to'rtlikda yakunlash"

Omonjon To`xtamirzayev
12 fev 2022
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi "Espanol"ga qarshi o'yin oldidan jamoasi oldiga qo'ygan maqsadlar haqida gapirib o'tdi.

"Biz imkonsiz ishning o'zi yo'qligini bilamiz, ammo vazifamiz ancha mushkul va uzoq yo'l bosib o'tish kerak. Maqsad – mavsumni kuchli to'rtlikda yakunlash. Barchasi sekin-asta yaxshilanib bormoqda. Ko'ramiz, kuchimiz qaergacha etarkin...

Yuqori pressingni ishga solib, mazmunliroq o'yin ko'rsata boshladik. Ijobiy natijalarga erishishda davom etishimiz zarur. Agar jamoa ko'rsatayotgan o'yin qoniqarli bo'lsa, natijalar kuttirmaydi", – dedi Xavi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sports.ru