Xavi "Atletiko"ga qarshi o'yinda "Barselona"ga yordam bera oladi

Aslanov Jasurbek
21 yanv 2015
"Barselona" yarim himoyachisi Xavi Ernandes "Atletiko"ga qarshi Ispaniya Kubogi chorak final uchrashuvida ishtirok eta oladi.

Ammo u klub shifokorlaridan ruhsat olmagan.

Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Luis Enrike e'lon qildi. Xavining mushaklarida muammo bor edi. Lekin futbolchi "Barselona"ning so'nggi mashg'ulotida bor kuchi bilan harakat qilgan edi.

Eslatib o'tamiz, "Barselona" va "Atletiko" o'rtasidagi birinchi bahs 22 yanvar kuni Kataloniyada bo'lib o'tadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com