Xaver Tebas: "APL, A Seriya va Liga 1 daromadsiz chempionatlar. Shayxlar va amerikaliklarga shunchaki ovunchoq kerak"

Administrator
28 okt 2022, 22:29
Ispaniya chempionati rahbari yana bir bor raqobatchilari haqida gapirdi.

La Liga prezidenti Xaver Tebas "Barselona"ning YCHLdan chiqib ketishi qanday oqibatlar keltirib chiqarishi haqida gapirib o'tdi. "Barselona" YCHLdan chiqib ketganidan so'ng klubda moliyaviy qiyinchiliklar paydo bo'lishi mumkinligi borasidagi savolga ham Tebas javob qaytardi. 

"Yo'q, qiyinchiliklar bo'lmaydi. "Barselona" noto'g'ri taqsimlangan maoshlarini qisqartirishlari kerakligini avvaldan bilishardi. Ushbu mavsum "Barsa" shu ishga qo'l urdi.

Gap butun Yevropa futboli haqida ketmoqda. Bizning iqtisodiy nazoratimiz - haqiqiy ekosistema. Yevropada nima bo'lmoqda? Ikkita o'zaro teng liga bor, bular La Liga va Bundesliga. Bu ligadagi klublar barqaror.

Boshqa ligalarga nazar solsak, ular daromadsiz ekanligini ko'rishimiz mumkin. APL, A Seriya va Fransiya chempionati shular jumlasidandir. APL to'rt yildan beri har mavsumni ikki milliard evro zarar bilan tugatmoqda. Fransiya - 1.5 mlrd evro, A Seriya esa 1.2 mlrd evro zarar ko'rmoqda. Ularning rahbarlari asosan amerikaliklar. 

Shayxlar va amerikaliklarga shunchaki ovunchoq kerak, bu esa Yevropa futboli ekosistemasini buzmoqda. Biz o'z tanlovimizni amalga oshirishimiz kerak. Biz moliyaviy barqaror ligalar yaratamimish kerak yoki klublar zararga kirishlariga imkoniyat beramiz. Bu holatda Bahrayn Ispaniyaga keladi, futbol esa butunlay o'zgaradi", -deydi Xaver Tebas.


AdministratorMuallif
Manba: Marca