Xato qilgan "Marsel" darvozaboni mag'lubiyat uchun aybni bo'yniga oldi (VIDEO)

Aslanov Jasurbek
18 dek 2017
"Marsel" darvozaboni Stiv Mandanda Fransiya chempionatining 18-turida "Lion"dan uchralgan mag'lubiyat haqida fikr bildirdi.

"Marsel" birinchi golni 6-daqiqada o'tkazib yubordi. Mandanda jarima zarbasidan berilgan to'pni qo'lida ushlab qola olmadi.

"Mag'lubiyat uchun barcha mas'uliyatni bo'ynimga olaman. Bunday gol o'tkazmasligim kerak edi. 0:1 hisobida mag'lub bo'layotib, g'alaba qozonish juda qiyin. Bugun darvozabonlar asosiy rolda bo'lishdi. Hamma yaxshi o'ynagan Antoni Lopesh va o'z vazifasini uddalay olmagan Stiv Mandandani ko'rishdi. Bu "Marsel"ning mag'lubiyatiga sabab bo'ldi. Raqobatchilarga yetib olish uchun bizda vaqt bor" - deydi Mandanda.

Golni ko'chirib olish


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: L'Équipe