Xarri Rednapp: “Xojson – Angliya terma jamoasiga mos murabbiy”

“KPR” bosh murabbiyi Xarri Rednapp, Roy Xojson Angliya terma jamoasida o'z vazifalarini a'lo darajada bajarayotganligini aytib o'tdi.

“Federeciya Xojsonni terma jamoa bosh murabbiyi etib, to'g'ri qaror qabul qildi. Roy ajoyib mutaxassis, bu fikrga hech kim qarshi chiqmasa kerak.

Ayni paytda u xalqaro musobaqalarga yaxshi tayyorgarlik ko'rgan. Bizning o'rtamizda hech qanday muammo yo'q. Mutaxassisning barcha ishlari ko'ngildagidek borayotganidan xursandman”, - deya ta'kidladi Rednapp.


Manba: sports.ru