

"Vilyarreal" 23 yoshli marokashlik futbolchini qishdayoq ijaraga olmoqchi edi, endi klub u bilan yozda shartnoma imzolamoqchi.
Xarit uchun "Milan" va "Napoli" klublari ham davogarlik qilmoqda. Mavsum yakunlariga ko'ra, ikkinchi Bundesligaga tushib ketgan "Shalke" xavbekni 10 mln evroga baholamoqda.
Xaritning Gelzenkirxen klubi bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.
Futbolchi o'tgan mavsum Germaniya chempionatida 28ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 5ta assist qayd etdi.



