Xansi Flik: "Qasos olish haqidagi gaplar menga yoqmayapti"

Mirjalol Normatov
10 yanv 2026
"Barselona" bosh murabbiyi Xansi Flik Ispaniya Superkubogi doirasida "Real"ga qarshi o'yin oldidan fikrlarini bildirdi.

Unda murabbiy jurnalistlarning 10-turdagi klasiko uchun qasos olishi haqidagi savolga javob berdi.

"Menga bu gaplar yoqmayapti. Bu shunchaki bir o'yin edi. Shundan keyin biz qaytib oldik va nimalar qilishimizni tushunib etdik. Jamoa yaxshiroq ko'rina boshladi va natijalarga erishdik.

Bu shunchaki bir o'yin edi. Biz - "Barselona"miz, barchani mag'lub etishni istaymiz. Bu eng muhimi. Jamoa barchasiga tayyor ekanligini ko'rib turibman. Mavsum yakuniga qadar hali ko'p vaqt bor. Ertaga biz dunyoning eng yaxshi jamoalaridan biriga qarshi o'ynaymiz va shu orqali qanchalar yaxshi ekanligimizni ko'rsatmoqchimiz", - dedi Flik.

12 yanv 2026, 00:00
FC Barcelona — Real Madrid
3 – 2
Tugadi


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal