Xandanovich "Inter"da yangi shartnoma bo'yicha maoshining kamayishiga tayyor

Alisher
7 fev 2022, 13:33
"Inter" darvozaboni Samir Xandanovich klub bilan 2022 yilning yozida yakunlanadigan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar olib bormoqda.

Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda.

Tomonlar 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallanadigan shartnoma bo'yicha kelishuvga erishishmoqchi. Sloveniyalik futbolchi Milan klubida qolish uchun maoshining kamayishiga rozi.

37 yoshli Xandanovich "Inter" sardori hisoblanadi va u italyan jamoasida 2012 yilning yozida beri to'p tepadi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira